Kompyuterda to‘xtovsiz ishlaysizmi?
Telefon va planshet doimiy hamrohingizmi?

Qo'shimcha ma'lumot
okulin
Okulin
OKULIN VISION ko'z a'zolarini zarur ozuqaviy moddalar – vitaminlar va minerallar bilan ta'minlaydi, vitamin va mikroelementlarning taqchilligi bilan bog'liq bo'lgan ko'z to'qimalarining funksional holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ko'zlarni charchoqdan, qichishdan va sust ko'rishdan saqlaydi, qorong'ilikda moslashishni yengillashtiradi, ko'z kapilyarlarini mustahkamlaydi. Chernikaning faol moddalari hujayra membranalarini egiluvchanligini oshiradi va ko'z pardasini qon aylanishini kuchaytiradi va ko'z tubi qon tomir devorlarini mustahkamlaydi, ko'zning ichki bosimini tushuradi
Tarkibi:
1 kapsulada:
– Lutein - 5 mg
– Zeaksantin - 2mg
– Chernika mevalari ekstrakti - 40 mg
– Ruh - 5 mg
– Vitamin C - 30mg
– Vitamin B6 - 2 mg
– Selen 30 mkg
Foydalanish uchun ko'rsatma:
– Ko'zning og'ir zo'riqishida (komyuterda ishlash, uzoq muddat avtomobil boshqaruvida va quyosh yorug'ligida bo'lish, komyuterda ishlash);
– Кo'rish a'zolari kasalliklari kompleks terapiyasi va profilaktikasida;
– Кo'z tomirlari patologiyasi kompleks terapiyasida (glaucoma, katarakta, miopiya);
– Shabko'rlikda (qorong'ida ko'rishi yomonlashgan bemorlarga).
Qo'llash usuli:
OKULIN vision 1 kunda 1 kapsuladan 2 mahal suv bilan birga ichga qabul qilinadi. Tavsiya etiladigan davolash kursi 1 oy. Zarurat bo'lganda takroriy davolash shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlar:
Juda kam hollarda me'da-ichak sistemasida o'zgarish bo'lishi mumkin. Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Chiqarish shakli:
Kapsulalarda 10, 30, 50 tadan qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti:
OKULIN vision yorug'likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.